![]() | ![]() |
![]() | ![]() |
![]() | ![]() |
![]() | ![]() |
2022 yil 31 mart kuni O’zbekiston Respublikasi Jamoat Xavfsizligi Universiteti “Aniqlovchi va qo’riqlovchi elektron tizimlarini tashkil etish va foydalanish bo‘yicha qo’mondonlik muhandisligi” yo’nalishi bo’yicha tahsil olayotgan Bakalavriat fakulteti 3-bosqichining 12 nafar tinglovchilari ushbu Universitet Qo’riqlashni texnik-muhandislik ta’minoti kafedrasi dotsenti podpolkovnik Ochilov Istam Nabiyevich rahbarligida Toshkent shahar Qo’riqlash boshqarmasi Chilonzor tumani qo’riqlash bo’limida joylashgan O’zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Qo’riqlash Bosh boshqarmasi “Qo’riqlash Servis” Davlat unitar korxonasi faoliyati bilan tanishish va amaliy mashg’ulotlar tashkil etish maqsadida tashrif buyurdilar.
Tanishuv va amaliy mashg’ulotlar davomida ularga O’zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Qo’riqlash Bosh boshqarmasi “Qo’riqlash Servis” Davlat unitar korxonasi tashkil etilishi va faoliyati bo’yicha Korxona bosh direktori Sh.R.Kaxarov, bosh direktor o’rinbosari I.Ye.Xaxam, Korxonaning o’quv markazi katta o’qituvchi-metodisti A.A.Tursunbayev, o’qituvchi-metodisti A.U.Egamberdiyev, servis xizmati etakchi mutaxassisi F.U.Cho’lliyev, texnik faoliyatni tashkillashtirish xizmati muhandisi S.R.Tojiboyevlar videokuzatuv va kirish-chiqishni nazorat qilish tizimi, loyiha xujjatlarini tayyorlash, qo’riqlash va yong’in xavfsizligi texnik vositalari hamda Korxonaning tashkil topishi, huquqiy asoslari, ish faoliyati, o’quv jarayonlari bilan tanishtirdilar.
Amaliy mashg’ulotlar davomida tinglovchilarni qiziqtirgan savol va masalalarga malakali javoblar berilib, uchrashuv qizg’in baxs va munozaralar ruhida olib borildi.
O’zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Qo’riqlash bosh boshqarmasi “Qo’riqlash Servis” davlat unitar korxonasi