2022 yil 15 mart kuni Tojikiston Respublikasining Milliy gvardiyasi vakillaridan iborat 4 kishilik delegatsiya a’zolari Qo’qirlash servis DUK faoliyati bilan tanishishdi.
![]() | ![]() | ![]() |
![]() | ![]() | ![]() |
![]() | ![]() | ![]() |
TASHRIF
2022 yil 15 mart kuni Tojikiston Respublikasining Milliy gvardiyasi vakillaridan iborat 4 kishilik delegatsiya a’zolari O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Qo‘riqlash Bosh boshqarmasi mas’ul xodimlari A.Eshiobulov va T.Anisimovalar hamda Toshkent shahar Qo‘riqlash boshqarmasi mas’ul xodimlari xamroxligida Toshkent shahar Qo‘riqlash boshqarmasi Chilonzor tumani qo‘riqlash bo‘limida joylashgan O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Qo‘riqlash Bosh boshqarmasi “Qo‘riqlash Servis” Davlat unitar korxonasi faoliyati bilan tanishdilar.
Tanishuv davomida Delegatsiya a’zolariga O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Qo‘riqlash Bosh boshqarmasi “Qo‘riqlash Servis” Davlat unitar korxonasi bosh direktori Sh.R.Kaxarov va bosh direktor o‘rinbosari I.Ye.Xaxamlar Korxonaning tashkil topishi, tashkiliy va huquqiy xujjatlarini rasmiylashtirilishi, faoliyat turlari hamda uslubiy jixozlanish masalalari to‘g‘risida atroflicha so‘zlab berdilar.
Shuningdek, Korxonaning Kasbga yo‘naltirilgan mutaxassislarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish O‘quv markazi faoliyati, undagi uslubiy o‘quv qurollari, amaliy mashg‘ulotlar ko‘rgazmalari, qo‘riqlash, yong‘in va “tashvish” xabarini uzatish signalizatsiyasi bilan jihozlanishi, loyihalashtirish, smeta xujjatlari va texnik topshiriqlarni ishlab chiqish, videokuzatuv vositalari bilan jihozlash, ob’ektlarga kirish-chiqish nazoratini boshqarish tizimlari, ta’mirlash, sozlash hamda texnik xizmat ko‘rsatish bo‘yicha tayyorlash, qayta tayyorlash hamda malakasini oshirish tartiblari bilan tanishtirdilar.
Tashrif yakunida Delegatsiya a’zolari va Qo‘riqlash Bosh boshqarmasi hamda “Qo‘riqlash Servis” Davlat unitar korxonasi xodimlari o‘rtasida Korxona faoliyatini yanada yaxshilash, jahon standartlariga mos keladigan zamonaviy vositalar bilan jihozlash, ularga texnik servis xizmati ko‘rsatish borasida fikrlar almashildi.

O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Qo‘riqlash Bosh boshqarmasi “Qo‘riqlash Servis” Davlat unitar korxonasi