2022 yil 18 iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi Jamoat Xavfsizligi Universiteti “Qo‘riqlash bo‘linmalarining taktik-qo‘mondonlik faoliyati” bakalvriat yo‘nalishi bo‘yicha tahsil olayotgan bakalavriat fakulteti 1-bosqich kursantlari ushbu Universitetning Qo‘riqlashni texnik-muhandislik ta’minoti kafedrasi o‘qituvchisi Bozorov Abdimannon Abduroimovich rahbarligida Toshkent shahar Qo‘riqlash boshqarmasi Chilonzor tumani qo‘riqlash bo‘limida joylashgan O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Qo‘riqlash Bosh boshqarmasi “Qo‘riqlash Servis” davlat unitar korxonasi faoliyati bilan tanishish va amaliy mashg‘ulotlar tashkil etish maqsadida tashrif buyurdilar.
![]() | ![]() | ![]() |
![]() | ![]() | ![]() |
![]() | ![]() | ![]() |
Tanishuv va amaliy mashg‘ulotlar davomida ularga O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Qo‘riqlash Bosh boshqarmasi “Qo‘riqlash Servis” davlat unitar korxonasi tashkil etilishi va faoliyati bo‘yicha Korxona Servis xizmati etakchi mutaxassisi F.U.Cho‘lliyev, Texnik faoliyatni tashkillashtirish xizmati muhandisi S.S.Tojiboyev, O‘quv markazining o‘qituvchi-metodisti Sh.Sh.Shodmonovlar videokuzatuv va kirish-chiqishni nazorat qilish tizimi, loyiha xujjatlarini tayyorlash, qo‘riqlash va yong‘in xavfsizligi texnik vositalarini o‘rnatish ularga texnik xizmat ko‘rsatish hamda huquqiy asoslari, ish faoliyati, o‘quv jarayonlari bilan tanishtirdilar.
Mashg‘ulotlar davomida tinglovchi kursantlarni qiziqtirgan savollariga malakali javoblar berilib, uchrashuv qizg‘in baxs va munozaralar tusida olib borildi.
O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Qo‘riqlash bosh boshqarmasi “Qo‘riqlash Servis” davlat unitar korxonasi