2023-yil 10 noyabrda O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Qo‘riqlash Bosh Boshqarmasi “Qo‘riqlash servis” davlat unitar korxonasi va 101-o‘rta ta’lim maktabi hamkorlikda “Robototexnika va elektronika asoslari” mavzusida tadbir o‘tkazdilar.
Tashkilot mutaxassislari Sh.K. Shodmonov va I.I. Abduraimov maktab o‘quvchilariga elektronika asoslari hamda Robototexnia musobaqalari haqida so‘zlab berdilar. Shuningdek, Robofutbolni boshqarish usullari ko‘rsatib berildi. O‘quvchilar katta qiziqish bilan tingladilar.
Sahifaga qaytish