Oʼzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi
Qoʼriqlash bosh boshqarmasi
«Qo`riqlash Servis» davlat unitar korxonasi
USTАVI
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Ustav “Qo`riqlash Servis” davlat unitar korxonasining (keyingi oʼrinlarda Korxona deb yuritiladi) maqomi, asosiy vazifalari, huquqlari va majburiyatlari, javobgarligi, faoliyati va hisobdorligini tashkil etish tartibi, shuningdek, uning rahbarlarini vazifalari, majburiyatlari va javobgarligini belgilaydi.
2. Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 12 dekabrdagi PQ-4060-conli “Jismoniy va yuridik shaxslar mulkining qoʼriqlanishini taʼminlash samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʼgʼrisida”gi qaroriga muvofiq tashkil etilgan.
3. Oʼzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Qoʼriqlash bosh boshqarmasi “Qo`riqlash Servis” davlat unitar korxonasining muassisi (keyingi oʼrinlarda muassis deb ataladi) hisoblanadi.
4. Korxona oʼz faoliyatida Oʼzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, Oʼzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, ushbu Ustavga, shuningdek, boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga amal qiladi.
5. Korxona davlat roʼyxatidan oʼtgandan soʼng yuridik shaxs hisoblanadi, davlat tilida oʼz nomi yozilgan muhri, shtampi va boshqa rekvizitlarga, alohida mulkka, mustaqil balansga, banklarda hisob raqamlariga, shu jumladan chet el valyutasidagi hisob raqamlariga, shuningdek, belgilangan tartibda roʼyxatga olingan tovar belgisi va xizmat koʼrsatish belgisiga ega boʼladi.
6. Korxonaning rasmiy nomi:
a) davlat tilida (lotin alifbosida):
toʼliq nomi - O`zbekiston Reshublikasi Milliy gvardiyasi Qo`riqlash bosh boshqarmasi “Qo`riqlash Servis” davlat unitar korxonasi;
Qisqartirilgan nomi - O`zbekiston Reshublikasi MG QBB “Qo`riqlash Servis” DUK;
b) davlat tilida (kirill alifbosida):
toʼliq nomi - Oʼzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Qoʼriqlash bosh boshqarmasi “Qo`riqlash Servis” davlat unitar korxonasi;
Qisqartirilgan nomi - Oʼzbekiston Respublikasi MG QBB “Qo`riqlash Servis” DUK;
v) rus tilida:
toʼliq nomi - Gosudarstvennoe unitarnoe predpriyatie “Qo`riqlash Servis” Glavnogo upravleniya oxrani Natsionalnoy gvardii Respubliki Uzbekistan;
Qisqartirilgan nomi - GUP “Qo`riqlash Servis” GUO NG Respubliki Uzbekistan;
g) ingliz tilida:
toʼliq nomi - State unitary enterprise “Qo`riqlash Servis” at the Main department of security of the Republik of Uzbekistan;
Qisqartirilgan nomi - SUE “Qo`riqlash Servis” at the MDS of the NG of the Republik of Uzbekistan.
7. Korxona qonun hujjatlarida belgilangan tartibda oʼz nomidan mulkiy va shaxsiy nomulkiy huquqlarni olishi va amalga oshirishi, zimmasiga majburiyatlar olishi, sudda daʼvogar va javobgar boʼlishi, nizolarni hal etishda boshqa organlarda vakillik qilishi mumkin.
8. Korxona oʼz faoliyatini toʼliq xoʼjalik hisobi, oʼz-oʼzini moliyaviy taʼminlash va oʼz xarajatlarini oʼzi qoplash asosida olib boradi. Korxona muassisning roziligiga koʼra tijorat tashkilotlarining, shuningdek Oʼzbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq yuridik shaxslarning qatnashishiga yoʼl qoʼyiladigan notijorat tashkilotlarda ishtirok etishi mumkin.
9. Korxona oʼz majburiyatlari boʼyicha Oʼzbekiston Respublikasining qonun hujjatlari boʼyicha undirilishi mumkin boʼlgan mol-mulk bilan javob beradi. Korxona oʼz muassisining majburiyatlari boʼyicha javob bermaydi. Muassis korxonaning mulki yetarli boʼlmagan taqdirda uning majburiyatlari boʼyicha subsidiar javobgarlikni amalga oshiradi.
10. Korxona joylashgan manzil (pochta manzili): 100156, Toshkent shahri, Chilonzor tumani, Katta Xirmontepa koʼchasi, 21-A uy.
11. Korxona Oʼzbekiston Respublikasi hududida va xorijiy davlatlarda filiallarini ochishi mumkin.
Korxonaning Qoraqalpogʼiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi filiallarining manzili:
№ | Hududiy joylashuv | Joylashgan manzili | Pochta manzili | Filial nomi |
1 | Qoraqalpogʼiston Respublikasi | Nukus shahri, 23-kichik tumani | 230100 | Qoraqalpogʼiston Respublikasi filiali |
2 | Аndijon viloyati | Аndijon shahri, Milliy tiklanish koʼchasi, 26a-uy. | 170100 | Аndijon filiali |
3 | Buxoro viloyati | Buxoro shahri, M.Iqbol koʼchasi, 10-uy. | 200117 | Buxoro filiali |
4 | Jizzax viloyati | Jizzax shahri, Qaliya mahallaқш, Qaliya koʼchasi, 1-uy. | 130100 | Jizzax filiali |
5 | Navoiy viloyati | Navoiy shahri, S.Аyniy koʼchasi, 83-uy. | 210100 | Navoiy filiali |
6 | Namangan viloyati | Namangan shahri, Sirgʼali koʼchasi, 20a-uy. | 160008 | Namangan filiali |
7 | Samarqand viloyati | Samarqand shahri, Temur Malik koʼchasi, 12-uy. | 140100 | Samarqand filiali |
8 | Sirdaryo viloyati | Guliston shahri, Birlashgan koʼchasi, 47-uy. | 120100 | Sirdaryo filiali |
9 | Surxondaryo viloyati | Termez shahri, Nurafshon koʼchasi, 2-uy. | 190100 | Surxondaryo filiali |
10 | Qashqadaryo viloyati | Qarshi shahar, I.Karimov koʼchasi, 50-uy. | 180017 | Qashqadaryo filiali |
11 | Toshkent viloyati | Qibray tumani, Salar qoʼrgʼoni, Ziyokorlar-1 koʼchasi, 50-uy. | 111218 | Toshkent viloyati filiali |
12 | Toshkent shahri | Toshkent shahri, Yunusobod tumani, 4-mavze, Qashqar koʼchasi, 3-uy. | 100017 | Toshkent shahri filiali |
13 | Fargʼona viloyati | Fargʼona shahri, F.Xoʼjaev koʼchasi, 9-uy. | 150200 | Fargʼona filiali |
14 | Xorazm viloyati | Urganch shahri, Xonqa koʼchasi, 62-uy. | 220100 | Xorazm filiali |
2-bob. Korxona faoliyatining maqsadi va asosiy vazifalari
12. Korxona faoliyatining asosiy maqsadi zamonaviy axborot kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etgan holda, jismoniy va yuridik shaxslarning mulklari qoʼriqlanadigan obʼekt va fuqaro xonadonlarida oʼrnatiladigan qoʼriqlash texnik vositalari va tizimlarini montaj, demontaj qilish, taʼmirlash, ularga texnik xizmat koʼrsatish va ekspluatatsiya qilish ishlarini amalga oshirishda koʼrsatiladigan xizmatlar va bajarilgan ishlar uchun foyda olish hisoblanadi.
13. Quyidagilar korxonaning asosiy vazifalari hisoblanadi:
korxona tomonidan qoʼriqlanadigan inshootlarda oʼrnatiladigan qoʼriqlash texnik vositalari va tizimlarini oʼrnatish, yechish, taʼmirlash, ularga texnik xizmat koʼrsatish va ekspluatatsiya qilish ishlarini amalga oshirishda ushbu vositalarning parametrlari, diagnostikasi, sozlash va reglament ishlarini oʼtkazish;
qoʼriqlash texnik vositalari, tizimlari va qurilmalarining texnik holati boʼyicha dalolatnomalarni tayyorlash;
qimmatbaho va rangli metallarni hisobdan chiqarish, saralash va ikkilamchi qayta ishlash korxonalariga topshirish uchun dalolatnomaga muvofiq, qoʼriqlash texnik vositalari, tizimlari va qurilmalari (telefon, mobil aloqa vositalar, radiotelefonlar va h.k.) hamda analog, raqamli va IP videokuzatuv tizimlari uchun ekspert xulosasini berish;
video kuzatuv qurilmalarini oʼrnatish, yechish, taʼmirlash va ularga texnik xizmat koʼrsatish;
aloqa vositalarini taʼmirlash va ularga texnik xizmat koʼrsatish;
kabel` aloqa tarmoqlarini oʼtkazish, oʼrnatish, yechish, taʼmirlash va ularga texnik xizmat koʼrsatish ishlarini amalga oshirish;
qoʼriqlash texnik qurilmalari va tizimlarining turli standartdagi vositalari, uskunalari, moslamalari, oʼlchov asboblari va shu kabilarni yaratish, ishlab chiqish, yigʼish, ishga tushirish va amaliyotga tadbiq etish;
antenna-fider inshootlarini oʼrnatish, yechish, taʼmirlash va ularga texnik xizmat koʼrsatish, koaksial antenna kabellarini oʼtkazish ishlarini bajarish;
qoʼriqlash texnik vositalari, tizimlari va qurilmalarining yangi tizimlari va qurilmalarini amaliyotga tadbiq qilish;
qoʼriqlash texnik vositalari, tizimlari, qurilmalari va telekommunikatsiya hamda uzatish tizimlarini, ofis texniklarini taʼmirlash va sozlash;
barcha turdagi maishiy texnikalarni (sovutgich, televizor, мuzlatgich, chang yutgich, audio-video texnika va h.k.) oʼrnatish, yechish, ularga texnik xizmat koʼrsatish va taʼmirlash;
komp`yuter texnikasini taʼmirlash va ularga texnik xizmat koʼrsatish;
ovozli xabar berish, qoʼriqlash va yongʼindan xabar berish tizimlarini oʼrnatish, yechish, ularga texnik xizmat koʼrsatish va taʼmirlash;
bino va avtotururgohlarga kirish-chiqishni nazorat qilish tizimi qurilmalarini (turniket) oʼrnatish, yechish, ularga texnik xizmat koʼrsatish va taʼmirlash;
innovatsion texnologiyalarni yaratish, oʼzlashtirish va tadbiq etish;
murakkab maishiy va boshqa texnikalarni oʼrnatish, yechish, taʼmirlash, ishga tushirish va ularga xizmat koʼrsatish;
inshootlarni xavfsizlik tizimlari bilan jihozlashda ilmiy-texnik, konstruktorlik, loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish, joriy etish, texnik yordam koʼrsatish;
ilmiy-tekshirish, izlanish, tajriba ishlarini tashkil etish, oʼtkazish;
barcha turdagi maishiy texnikalar, komp`yuter va ofis texnikalari, qoʼriqlash va yongʼindan xabar berish tizimlari, bino va inshootlar hamda avtoturargohlarga kirish-chiqishni nazorat qilish tizimlari, shuningdek, maxsus texnika vositalarini taʼmirlash boʼyicha ustaxona va servislarni tashkil qilish;
shuningdek, yuridik va jismoniy shaxslar uchun toʼlov asosida treninglar oʼtkazish, xodimlar malakasini oshirish, texnik mutaxassislarni tayyorlash, tikiuvchilik sohasida tikuvchilik ustaxonasini ochish va o’qitish hamda boshqa turli ta’lim yonalishida oʼquv kurslarini tashkil qilish;
kompʼyuter texnologiyalari sohasida maslahat xizmatlari koʼrsatish, dasturlash mahsulotini ishlab chiqish, veb saytlar yaratish, komp`yuterlar va hisoblash texnikalarini butlovchi qismlardan yigʼish, nostandart asbob-uskunalarni ishlab chiqish, oʼrnatish, taʼmirlash va uni sotish;
akademik litsey va umumta’lim maktablarni tamomlagan doimiy ish bilan band bo’lmagan yoshlarni, mehribonlik uylari tarbiyalanuvchilarini, shuningdek “Yoshlar” va “Temir” daftarlarga kiritilgan fuqarolar va ularning farzandlarini o’quv markazlarida:
- kompʼyuter texnologiyalari;
- robotatexnika;
- tikuvchilik;
- badiiy gimnastika va raqqosalik sohasida o’qitish hamda kasbga yo’naltirish;
mehmonxona xoʼjaligi faoliyatini tashkil etish hamda mehmonxona va restoran xoʼjaligi hodimlarini o’qitish;
xalq xoʼjaligi uchun zarur boʼlgan mahsulotlarni ishlab chiqarish va sotish.
14. Korxona qonun hujjatlariga koʼra litsenziya olinishi talab etiladigan faoliyat turlari bilan litsenziya olgandan soʼng shugʼullanishi mumkin.
15. Jismoniy va yuridik shaxslarga koʼrsatiladigan pullik xizmatlar va ularning narxlari muassis bilan kelishilgan holda belgilanadi.
3-bob. Korxona faoliyatini boshqarish
16. Korxona faoliyatini boshqarish Oʼzbekiston Respublikasining amaldagi qonunlari va boshqa meʼyoriy huquqiy hujjatlariga hamda ushbu Ustavga muvofiq amalga oshiriladi. Korxona oʼz faoliyati toʼgʼrisida muassis oldida hisobdordir.
17. Muassis qonun hujjatlarida belgilangan quyidagi huquqlarga ega:
korxona faoliyatining maqsadi, sohasi va turlarini belgilash;
korxona ustaviga oʼzgartirish, qoʼshimchalar kiritish toʼgʼrisida qaror qabul qilish;
korxonaga ustav jamharmasini koʼpaytirish yoki kamaytirish;
korxonaga yetkazilgan zararlarni qoplash, korxona mol-mulki bilan tuzilgan bitimni haqiqiy emas deb topish toʼgʼrisida sudga daʼvo taqdim etish;
korxona mulkini, ortiqcha foydalanilmayotgan qismini tasarruf etish;
korxonani qayta tashkil etish yoki tugatish toʼgʼrisida qaror qabul qilish, tugatish komissiyasini tayinlash va tugatish balansini tasdiqlash;
Oʼzbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq belgilangan boshqa huquqlarni amalga oshirish.
18. Muassis quyidagi majburiyatlarga ega:
korxona ijro etuvchi organi rahbari, bosh direktorni tayinlash, u bilan mehnat shartnomasini tuzish va uni muddatidan oldin toʼxtatish;
korxona davlat roʼyxatidan oʼtgandan soʼng 3 oy mobaynida ustav jamgʼarmasini shakllantirish yoki shu miqdordagi oʼz mulkini boshqarish uchun topshirish.
19. Korxonaga muassis tomonidan tayinlanadigan va ozod etiladigan rahbar - bosh direktor (keyingi oʼrinlarda direktor) rahbarlik qiladi va korxonani yagona ijro etuvchi organi hisoblanadi.
Direktor:
korxona nomidan ishonchnomasiz harakat qiladi, mahalliy va xorijiy tashkilotlarda uning manfaatlarini ifodalaydi;
xodimlarni ishga qabul qiladi, ular bilan mehnat shartnomalari (kontraktlarni) tuzadi hamda ularni oʼzgartiradi va bekor qiladi;
korxonaning barcha xodimlari uchun majburiy boʼlgan buyruqlar, farmoyishlar qabul qiladi, koʼrsatmalar beradi;
korxonaning ichki ish tartibini va xoʼjalik faoliyatini tartibga soluvchi hujjatlarni tasdiqlaydi;
korxona xodimlarini oʼqitish, malakasini oshirish maqsadida ilgʼor xorijiy davlatlardagi yetuk mutaxassislarni jalb etgan holda hamkorlikni yoʼlga qoʼyishni amalga oshiradi;
Respublika miqyosida va xorijiy davlatlarda zamonaviy texnologiyalar boʼyicha oʼtkaziladigan anjumanlar, oʼquv seminar treninglarda ishtirok etib, oʼzi va xodimlarni kasbiy malakalarini oshirishni tashkillashtiradi;
qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ishonchnomalar beradi;
korxona tashkiliy shtat tuzilmasini oʼzgartirish toʼgʼrisida muassisga taklif kiritadi, muassis bilan kelishgan holda xodimlarning ish haqi miqdorlarini tasdiqlaydi, korxona daromadidan kelib chiqib mehnatga haq toʼlashning taʼrif koeffitsentlarini oshiradi;
Oʼzbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda xodimlarni ragʼbatlantiradi yoki ularga nisbatan intizomiy jazo choralarini qoʼllaydi.
20. Direktor quyidagi majburiyatlarga ega:
korxona oldiga qoʼyilgan vazifalarni toʼgʼri va sifatli bajarilishini tashkil etish;
korxonani bilimli, intellektual yetuk malakali mutaxassislar bilan jamlaydi, korxona faoliyatini takomillashtirishga, boshqaruvning yangi uslublarini qoʼllashga yoʼnaltirilgan tadbirlarni amalga oshiradi;
korxona tomonidan Oʼzbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga rioya qilinishini taʼminlaydi;
korxona nomidan kelishuvlarni belgilangan tartibda amalga oshiradi;
korxonaning moliyaviy xoʼjalik faoliyatini toʼgʼri yuritilishini, hisobotlarni oʼz vaqtida taqdim etilishini, korxona mablagʼlaridan maqsadli foydalanilishini taʼminlaydi;
korxona xoʼjalik faoliyatini amalga oshirish uchun zarur boʼlgan boshqa vazifalarni amalga oshiradi.
21. Direktor zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarilishi, korxona mulkining saqlanishi va undan maqsadli foydalanilishi yuzasidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar boʼladi.
4-bob. Korxonaning ustav jamgʼarmasi miqdori
22. Korxonaning ustav jamgʼarmasi muassis tomonidan berilgan mol-mulk va korxona faoliyatidan olingan daromadlar hamda qonun hujjatlariga zid boʼlmagan boshqa manbalardan iborat boʼladi.
23. Korxona va uning filiallari ustav jamgʼarmasining miqdori 300 000 000,00 (uch yuz million) soʼmni tashkil qiladi.
24. Korxonaning ustav jamgʼarmasini koʼpaytirish yoki kamaytirish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda, muassisning qarori bilan amalga oshiriladi.
5-bob. Korxona mulkini tasarruf etish
25. Muassis tomonidan korxonaga xoʼjalik yuritish huquqi bilan biriktirilgan asosiy fondlar va aylanma mablagʼlar korxona mulkini tashkil qiladi.
26. Korxonaning mulki boʼlinmasdir va qoʼshilgan hissalar (ulushlar, paylar) boʼyicha taqsimlanishi mumkin emas.
27. Direktor muassis bilan kelishgan holda korxona mulkini quyidagi holatlarda tasarruf etishi mumkin:
Аsosiy vositalarni sotish, ularni ijaraga yoki garovga berish;
mulkini boshqa xoʼjalik jamiyati ustav jamgʼarmasiga ulush tarzida kiritish;
boshqa xoʼjalik jamiyatlarning aktsiyalari (ulushlari)ni sotib olish;
mol-mulkni boshqacha tarzda tasarruf etish.
28. Korxona faoliyatini rivojlantirish, moddiy texnik bazasini mustahkamlash maqsadida zarur (avtotransport vositalari, komp`yuter, maishiy va ofis texnikalari, uskuna va qurilmalar, mebel` jihozlari, kantselyariya, yonilgʼi moylash mahsulotlari, bino va xonalarni jihozlash uchun zarur boʼlgan) texnik vositalar, materiallar va moddiy tovar boyliklarini sotib olish huquqiga ega.
29. Korxona oʼz tasarrufidagi zahira va boshqa jamgʼarmalar hisobiga muassis bilan kelishilgan holda ma’muriy bino va inshootlarni qurish va ta’mirlash huquqiga ega.
30. Korxona daromadi xizmat koʼrsatishdan olingan daromadlar va qonun hujjatlari bilan taʼqiqlanmagan boshqa tushumlar hisobidan shakllanadi.
31. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori va farmonlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari hamda O’zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi rahbariyatining buyruq va ko’rsatmalari asosida ish haqi miqdori oshirilganda qonunda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
32. Korxona o’z mablag’lari hisobidan ishchi-xodimlarni barcha bayramlarda va har chorak yakuni bo’yicha pul mablag’lari bilan taqdirlashni amalga oshirilishi mumkin.
33. Korxona oʼz tasarrufida qoladigan sof foyda hisobiga Ustavida nazarda tutilgan tartibda va muassis tomonidan tasdiqlangan miqdorda zahira jamgʼarmasi va boshqa jamgʼarmalarni tashkil etishi mumkin.
6-bob. Foydani taqsimlash va zararlarni qoplash tartibi
34. Korxonada qoladigan sof foyda barcha soliqlar hamda byudjetga va byudjetdan tashqari jamgʼarmalarga boshqa majburiy toʼlovlar toʼlangandan keyin korxona tasarrufida qoladi va undan muassis qaroriga koʼra foydalaniladi.
35. Korxonaning xoʼjalik faoliyati natijasida kelib chiqqan zararlarni qoplash muassisning roziligi bilan ushbu maqsadda tashkil etilgan zahira jamgʼarmasi mablagʼi hisobidan amalga oshirilishi mumkin.
7-bob. Zahira jamgʼarmasi va boshqa jamgʼarmalarni tashkil etish tartibi
36. Korxona oʼz tasarrufida qoladigan sof foyda hisobiga zahira jamgʼarmasini, shuningdek boshqa jamgʼarmalarni tashkil etishi mumkin, ularning miqdori va shakllantirish tartibi muassis tomonidan tasdiqlanadi.
Аsosiy vositalarni qayta baholash summasi va bepul olingan mulk qiymati ham zahira jamgʼarmasini toʼldirishga yoʼnaltiriladi.
37. Korxona ustav jamgʼarmasining kamida 15 foizi miqdorida zahira fondini shakllantiradi.
8-bob. Hisobotlarni taqdim etish tartibi
38. Korxona oʼz faoliyati natijalari boʼyicha buxgalteriya hisobi, shuningdek, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda statistik hisobotlarini yuritadi. Korxona hisobot davri tugagach vakolatli organlarga moliya hisobotini va Oʼzbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida belgilangan boshqa hujjatlarni taqdim etadi hamda hujjatlarni oʼrnatilgan tartibda saqlanishini taʼminlaydi.
39. Korxona oʼz moliyaviy xoʼjalik faoliyatini toʼgʼri yuritilayotganini tekshshirish maqsadida auditorlarni taklif qilish huquqiga ega. Korxonaning xoʼjalik yurituvchi subʼekt sifatidagi faoliyatini nazorat qilish Milliy gvardiya nazorat taftish inspektsiyasi tomonidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
9-bob. Korxonaning javobgarligi
40. Korxona oʼz majburiyatlari boʼyicha oʼziga tegishli mol-mulk bilan javob beradi. Muassis korxona mol-mulki yetarli boʼlmaganda uning majburiyatlari boʼyicha subsidiar javobgarlikni amalga oshiradi.
41. Korxona muassis majburiyatlari boʼyicha javob bermaydi.
10-bob. Korxona filiallari
42. Korxona muassis bilan kelishgan holda Oʼzbekiston Respublikasi hududida ham uning tashqarisida ham Oʼzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari talablariga rioya qilgan holda filiallar tashkil etishi mumkin.
43. Korxonaning filiallari muassis tasdiqlangan yagona Ustav va yagona STIR (soliq to’lovchi indentifikatsiya raqami) asosida faoliyat koʼrsatadi.
44. “Qo’riqlash Servis” DUK bilan kelishilgan holda hududiy filiallar alohida shartnomalar bilan ishlash uchun ikkilamchi hisob-raqam ochish huquqiga ega.
45. Hududiy filiallar alohida shartnomalar bilan ishlash tartibi “Qo’riqlash Servis” DUK tomonidan berilgan shartnomalar uchun muxr va vakolatnoma asosida amalga oshiriladi, ikkilamchi hisob-raqamdan pul mablaglarini chiqarish huquqi berilmaydi.
46. Hududiy filiallarning foydalanayotgan mol-mulki Qoriqlash bosh boshqarmasi “Qo’riqlash Servis” DUKning mulki hisoblanadi.
47. Hududiy filiallarning buxgalterlari barcha tushum va harajatlarni hisobotlarini tayyorlab, har oy yakuni bo’yicha “Qo’riqlash Servis” DUKga taqdim etadilar.
48. Korxona filiallari rahbari muassis bilan kelishgan holda bosh direktor tomonidan tayinlanadi va u bergan ishonchnoma asosida faoliyat yuritadi. Filial rahbari bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilinganda ishonchnomani amal qilishi direktor tomonidan toʼxtatiladi.
49. Korxona tomonidan tashkil etilgan filiallar majburiyatlari boʼyicha filial rahbari va korxona javobgar boʼladi.
11-bob. Korxonani tugatish va qayta tashkil etish
50. Korxona muassisning qaroriga koʼra, Oʼzbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan xollarda esa sud qaroriga binoan tugatilishi yoki qayta tashkil etilishi mumkin.
51. Korxonani tugatish korxona faoliyatining huquq va majburiyatlarini huquqiy vorislik tartibida boshqa shaxslarga oʼtmagan holda toʼxtatilishiga sabab boʼladi. Korxona qayta tashkil etilgan taqdirda huquq va majburiyatlar huquqiy vorisga oʼtadi.
52. Korxona faoliyatida korxonaga va muassisga yetkazilgan zarar aybdor shaxslardan Oʼzbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga asosan undiriladi.
53. Korxona tugatilganda barcha hujjatlar (boshqaruv, moliya-xoʼjalik, shaxsiy tarkibga oid va boshqalar) qonun hujjatlariga muvofiq saqlash uchun arxivga topshiriladi.
Davlat uninar korxonasi muassisi
Milliy gvardiya qo’mondoni
o’rinbosari - Qo’riqlash bosh
boshqarmasi boshlig’i M.J. G’aniyev