---
Bizning ishimiz davomida qanday vazifalarni bajarishimiz!
- “Qo‘riqlash Servis” davlat unitar korxonasi va uning hududiy filiallari fuqarolarning barcha qo‘riqlanadigan obyektlari va xonadonlarida qo‘riqlash-yong‘in signalizatsiya vositalari, videokuzatuv tizimlari va kirishni nazorat qilish va boshqarish tizimlariga texnik xizmat ko‘rsatish bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatadi. Bu shuni anglatadiki, elektromontyorlar muntazam ravishda jadvalga muvofiq ushbu obyektlarga o‘rnatilgan barcha qo‘riqlash tizimlarini tartibga solish bo‘yicha ishlarni amalga oshiradilar, bu esa ularni uzluksiz va ishonchli qo‘riqlashni ta’minlaydi.
Bundan tashqari, qo‘riqlash va yong‘in signalizatsiya tizimlari, videokuzatuv tizimlari, kirib-chiqishni nazorat qilish va boshqarish tizimlari (turniketlar) o‘rnatish uchun turli tashkilotlar va muassasalar bilan shartnomalar tuziladi.
- Bugun “Qo‘riqlash Servis” davlat unitar korxonasiva 800 ga yaqin xizmat xodimlari ishlamoqdalar va ular o‘z vazifalarini malakali bajarishlari uchun “Qo‘riqlash Servis” korxonamiz negizida Milliy gvardiya qo‘mondonligi tashabbusi bilan boshlang‘ich tayyorgarlik, qayta tayyorlash va malaka oshirish markazi tashkil etildi. O‘quv markazi deb ataladi.
O‘quv markazining asosiy yo‘nalishi
Qo‘riqlash va yong‘in signalizatsiyasi, videokuzatuv va kirishni nazorat qilish, shuningdek nazorat qilish tizimlari asoslari bo‘yicha muxandis va elektromontyorlarni o‘qitishdir. To‘g‘ri foydalanish, shuningdek texnik qo‘riqlash vositalarini to‘g‘ri o‘rnatish uchun bizning qurilmalarimiz, sensorlarimiz va detektorlarimizning harkatlariga asoslangan turli jismoniy jarayonlar va xodisalar haqida nafaqat amaliy, balki nazariy bilimlarga ega bo‘lish kerak.
mavjud O‘quv markazi xozirda O‘zbekiston Respublikasida yagona xisoblanadi. Bu yerda noyob o‘quv-uslubiy materiallar yaratilgan, tajribali va yuqori malakali o‘qituvchilar tanlangan.
Bularning barchasi muammoni xal qilishni ta’minlaydi.
07-02-2023

-
280