NOMZODLAR BILAN SUHBAT
Haftaning har payshanba kunlari Toshkent shahar Qo’riqlash boshqarmasi Chilonzor tumani qo’riqlash bo’limida joylashgan O’zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Qo’riqlash Bosh boshqarmasi “Qo’riqlash Servis” Davlat unitar korxonasida Korxona va uning hududiy filiallarda mavjud bo’sh ish o’rinlarini to’ldirish maqsadida ishga kirish istagini bildirgan Respublikamizning barcha hududlarida “Temir daftar”ga kiritilgan, kam ta’minlangan, ishga layoqatli fuqarolar hamda “Mexribonlik uyi” tarbiyalanuvchilaridan iborat nomzodlar bilan suhbatlar o’tkazilmoqda hamda ish sharoitlari va talablar bilan tanishtirilmoqda.
Suhbatlarni Korxona bosh direktori Sh.R.Kaxarov, bosh direktor o’rinbosari I.Ye.Xaxam, Korxonaning o’quv markazi katta o’qituvchi-metodisti A.A.Tursunbayev, o’qituvchi-metodisti A.U.Egamberdiyev, olib borishmoqda.
O’zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Qo’riqlash bosh boshqarmasi “Qo’riqlash Servis” davlat unitar korxonasi
![]() | ![]() |
![]() | ![]() |