• Manzil: Toshkent sh. Chilonzor tumani, 19 kv, 21A uy

  • A'loqa:
    +998 99 370-04-04
    info@qoriqlash-servis.uz

Yangiliklar

Mehribonlik uylariga tashrif buyurib, mehribonlik uylari rahbarlari bilan uchrashuv




Bugungi kunda, O‘zbekiston Respublikasi va Milliy gvardiyasi rahbariyati tomonidan qo‘riqlash xizmati sohaviy mutaxassislarini o‘qitish, qayta tayyorlash va malakasini oshirish ishlaridan tashqari hududlarda doimiy ish bilan band bo‘lmagan aholini, akademik litsey va umumta’lim maktablarini tamomlagan yoshlarni, mehribonlik uylari tarbiyalanuvchi-larini, shuningdek “Yoshlar” va “Temir” daftarlarga kiritilgan fuqarolarni “Qo’riqlash Servis” davlat unitar korxonasi O‘quv markazlarida kasbga yo‘naltirish, o‘qitish va sertifikat berish vazifalari yuklatilgan.                

 Ushbu vazifalarni bajarish maqsadida, 2022 yilning 26 mart kuni Yunusobod tumanidagi 21-sonli hamda Chilonzor tumanidagi 22-sonli mehribonlik uylariga tashrif buyurib, mehribonlik uylari rahbarlari bilan uchrashib, “Qo’riqlash Servis” davlat unitar korxonasi tomonidan ish bilan band bo‘lmagan mehribonlik uylari tarbiyalanuvchilarini O‘quv markazlarida o‘qitish va kasbga yo‘naltirish borasida suhbat o‘tkazildi.

Suhbat davomida quyidagilar ma’lum bo‘ldi:

- 2021 yilda Yunusobod tumanidagi 21-sonli mehribonlik uyidan 11-sinfni bitirgan 2 nafar tarbiyalanuvchi Oliy ta’lim muassalariga o‘qishga kirgan.

- Chilonzor tumanidagi 22-sonli mehribonlik uyidan 11-sinfni bitirgan 16 nafar tarbiyalanuvchidan 12 nafari Oliy ta’lim muassalariga,   4 nafari kasb hunar kollejiga o‘qishga kirgan hamda 1 nafar tarbiyalanuvchi “Bilayn” kompaniyasiga ishga kirgan.

Mehribonlik uyi direktorlari va ularning yoshlar bilan ishlash bo‘yicha 1-o‘rinbosarlari bilan kelgusida tarbiyalanuvchilarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish, ularni kasbga yo‘naltirish, intellektual va ijodiy qobiliyatini rivojlantirish maqsadida elektrotexnika va kompyuter texnologiyalariga qiziquvchilar bilan “Qo’riqlash Servis” davlat unitar korxonasi o‘quv markazida o‘quv ko‘rslarini tashkil qilish borasida hamkorlikda jadval asosida ishlarni amalga oshirishni kelishib oldik.

26-03-2022
- 198
Chop etish