Joriy yilning 1 iyun kuni O’zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Qo’riqlash Bosh boshqarmasi “Qo’riqlash Servis” davlat unitar korxonasida Xalqaro bolalarni ximoya qilish kuni munosabati bilan tantanali tadbir o’tkazildi.
Tadbirga Toshkent shahar Chilonzor tumanida joylashgan Xlebushkina nomidagi 22-sonli mexribonlik uyining 20 nafar tarbiyalanuvchilari taklif etildi. Tadbir davomida bolajonlarning kunini chiroyli va mazmunli o’tkazish maqsadida madaniy va ma’rifiy turdagi ya’ni kuy va qo’shiqlar kuylanib, raqslar ijro etildi hamda Korxonadagi mavjud sport maydonchasida xar xil o’yinlar tashkillashtirildi.
Shuningdek, tadbir davomida bolajonlarga bayram munosabati bilan bir necha turdagi sovg’alar topshirilib, shirin choy tashkil etildi.
Tadbir so’ngida xursand bo’lgan bolajonlarni avtobusda mexribonlik uyiga etkazib qo’yildi.
![]() | ![]() | ![]() | ![]() | ![]() |
![]() | ![]() | ![]() | ![]() | ![]() |