• Manzil: Toshkent sh. Chilonzor tumani, 19 kv, 21A uy

  • A'loqa:
    +998 99 370-04-04
    info@qoriqlash-servis.uz

Yangiliklar

SЕRTIFIKATLAR TOPSHIRILDI




           Joriy yilning 7 noyabr kuni Toshkent shaxrining Shayxontoxur tumanida joylashgan Amerika Qo‘shma Shtatlarining Vebster universitetining (Webster Yniverster) ta’lim dasturlarini amalga oshirish Markazida Markaz Ijrochi direktori R.N.Raxmonov va O‘zbekiston   Respublikasi   Milliy gvardiyasi Qo‘riqlash bosh boshqarmasi “Qo’riqlash Servis” Davlat unitar korxonasi bosh direktori  Sh.R.Kaxarovlar o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda ikki tomonlama imzolangan shartnoma ijrosi va kelajakda amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan hamkorliklar to‘g‘risida batafsil fikrlar almashib olindi. Shu bilan birgalikda ikki tomonlama imzolangan shartnoma asosida Markazning idoraviy qorovullik xizmati xodimlariga O‘zbekiston   Respublikasi   Milliy gvardiyasi Qo‘riqlash bosh boshqarmasi “Qo’riqlash Servis” Davlat unitar korxonasi O‘quv markazida joriy yilning 14-29 oktabr kunlari kunlari tashkil etilgan o‘quv dasturlarida ishtirok etganligi va muvaffaqiyatli tugatganliklari munasobati bilan “Sertifikat”lar toshirildi. 
            Shuningdek uchrashuvda O‘zbekiston   Respublikasi   Milliy gvardiyasi Qo‘riqlash bosh boshqarmasi “Qo’riqlash Servis” Davlat unitar korxonasi bosh direktori o‘rinbosari I.Ye.Xaxam, O‘quv markazi mutaxassisi A.U.Egamberdiyev hamda Vebster universitetining (Webster Yniverster) ta’lim dasturlarini amalga oshirish Markazi ma’sul xodimi A.X.Umarovlar ishtirok etishdi. Ishtirokchilar tashkil etilgan o‘quv dasturi, o‘quv jarayonlari va Markazning idoraviy qorovullik xizmati xodimlarining bilim va tajribalari to‘g‘risida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdilar hamda kelgusidagi mehnat faoliyatlarida, Toshkent shahridagi Amerika Qo‘shma Shtatlarining Vebster universitetining (Webster Yniverster) ta’lim dasturlarini amalga oshirish Markazi binolarining ishonchli qo‘riqlanishida ulkan yutuqlar tiladilar.




07-11-2022
- 129
Chop etish